Call center

Urganch innovatsion universitetida “Kitobxon talaba — kuchli jamiyat poydevori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida “Kitobxon talaba — kuchli jamiyat poydevori” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Axborot-resurs markazi rahbari M. Davletova hamda tyutorlar B. Mavlonov va Sh. Sapayeva tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda talaba-yoshlar o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari haqida fikr almashdilar.

Asarlar yuzasidan olib borilgan muhokamalar davomida talabalar o‘zlarining teran fikr-mulohazalarini bayon etib, kitobxonlikning shaxs kamoloti hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritdilar. Tadbir yoshlarning mutolaa madaniyatini oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

  • 12:32 20/02/2026