Urganch innovatsion universitetida “Talabalar ligasi” doirasidagi sport musobaqalari davom etmoqda.
Sport klubi rahbari Sh. Xudayberganova tomonidan tashkil etilgan bugungi musobaqada yengil atletika turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan talaba-yoshlar o‘zaro bahs olib bordilar.
Ta’kidlash joizki, musobaqaning bugungi kuni ham qizg‘in jarayonlarga va shiddatli bellashuvlarga boy bo‘ldi. Talabalar yuqori natijalarni qayd etib, sportga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini yana bir bor namoyon etdilar.