Urganch innovatsion universiteti Talabalar turar joyida “Mushoira” klubi a’zolari ishtirokida navbatdagi adabiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda ijod va adabiyotga oshno bo‘lgan iqtidorli talaba-yoshlar o‘zbek mumtoz adabiyoti hamda zamonaviy adabiyot vakillarining hayoti va ijodi haqida so‘z yuritdilar. Xususan, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Oripov kabi shoirlarning boy adabiy merosi yodga olindi.
Ijodiy uchrashuv davomida talabalar tomonidan Vatan ishqi, yurt qadri, inson qalbining rang-barang tuyg‘ulari aks etgan she’rlar ifodali tarzda o‘qib eshittirildi. Tadbir yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularning badiiy didini shakllantirish va adabiyotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.