Urganch innovatsion universitetida muntazam o‘tkazib kelinayotgan “Bir haftada bir kitob” loyihasining bu galgi soni uchun Zahiriddin Muhammad Boburning Boburnoma asari tanlab olindi.
ARM xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir muhokama tarzida olib borilib, dastavval talaba-yoshlarning buyuk mutafakkirning hayoti hamda ijodi haqida qanchalik bilim va ma’lumotga ega ekanliklari sinovdan o‘tkazildi.
Shundan so‘ng talabalar “Boburnoma” asari asosida tayyorlangan savollarga test shaklida javob berish orqali asar borasidagi bilimlarini yana bir bor mustahkamladilar.
Tadbirda faol ishtirok etgan talabalar badiiy adabiyotlar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.