Urganch innovatsion universitetida Fevral — Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida "OITS — Asr vabosi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda dastavval mamlakatimizda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berildi.
Shuningdek, bugungi kunda jamiyat va oilalar tanazzuliga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan giyohvandlik va OITS illatiga qarshi kurashish zarurligi hamda ushbu xavf-xatarlarga nisbatan hushyor va ogoh bo‘lish davr talabi ekanligi alohida ta’kidlandi.
Zero, sog‘lom va kuchli jamiyat — sog‘lom oilalardan tashkil topishi shubhasizdir.