Call center

Fevral — Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida "Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va kiberjinoyatchilikdan ogoh bo‘ling" mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida Fevral — Giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi doirasida "Giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi va kiberjinoyatchilikdan ogoh bo‘ling" mavzusida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda universitet rektor maslahatchisi G'. Matsapayev so‘zga chiqib, jamiyatda, avvalo yoshlar orasida giyohvand moddalarning tarqalishi hamda kiberjinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik, yosh avlodni giyohvandlik balosidan asrash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash o‘ta muhim masala ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, bu yo‘nalishdagi har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga qat’iy ravishda chek qo‘yilishi borasida davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va bu mas’uliyatli vazifa aslida fuqaro sifatida har birimizning ham zimmamizda ekanligi, zero ogoh bo‘lish, o‘zimiz hamda yaqinlarimizni asramoq bizning burchimiz ekanligi xususida yana bir bor so‘z yuritdi.

  • 14:06 13/02/2026