Call center

Urganch innovatsion universitetida Universitet Kengashining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Urganch innovatsion universitetida Universitet Kengashining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Urganch innovatsion universiteti rektori, Turon fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori Ishmuratov Madamin Jumabayevich boshchiligida o‘tkazilgan Kengash yig‘ilishida quyidagi masalalar yuzasidan axborot va hisobotlar tinglandi:

  • O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A. Matnazarovning “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili Davlat dasturida belgilangan vazifalarning universitetda bajarilishi to‘g‘risidagi axboroti;

  • Matbuot kotibi M. Karimovaning **“Universitet sayti va ijtimoiy tarmoqlarda universitet faoliyatining yoritilish holati to‘g‘risida”**gi ma’ruzasi;

  • Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi Sh. Sultanovaning **“Iqtidorli talabalar bilan ishlashning ahvoli to‘g‘risida”**gi hisoboti.

Shundan so‘ng universitet hayotiga doir boshqa masalalar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, mas’ul shaxslarga muhim vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

  • 13:20 02/02/2026