Loading...

Iqtidorli talabalar jamiyati a'zolarining navbatdagi yig'ilishi tashkil qilindi


Urganch innovatsion universiteti 
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi tomonidan navbatdagi Iqtidorli talabalar jamiyati  yig'ilishi tashkil qilindi

Bugungi tadbirda 24/01-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi U.Yangiboyeva,  22/01-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi I.Rustamova, 24/03-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta'lim yo'nalishi talabasi G.Abdullayeva,                        23/01-guruh tarix ta'lim yo'nalishi talabasi Sh.Atayeva, 24/06-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish:Ingliz tili ta'lim yo'nalishi talabasi G.Otaxonovalar ishtirok etib, o‘z ilmiy faoliyatiga doir amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek, talabalar  o‘qigan badiiy va ilmiy adabiyotlar, undagi ilmiy g‘oya va qarashlar, yozgan ilmiy maqolalarini ma’ruza qilib berdilar.
Talabalarning ma’ruzalari tinglangach, hafta davomida ilmiy faoliyati bilan chuqur shug‘ullanib tengdoshlariga ham namuna bo'lib kelayotgan talabalardan biri I.Rustamova o‘z tengdoshlari tomonidan ovoz berish yo‘li orqali Eng faol talaba deya e'tirof etildi va ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan 200 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  • 10:41 12/03/2025