Loading...

“ZULFIYAXONIM — VAFO VA SADOQAT TIMSOLI” MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMAN TASHKIL ETILDI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI  URGANCH INNOVATSION UNIVERSITY VA O‘ZBEKISTON XOTIN-QIZLAR  “OLIMA” UYUSHMASI XORAZM VILOYATI BO‘LIMI HAMKORLIGIDA ZULFIYAXONIM ISROILOVA TAVALLUDINING 110 YILLIGI MUNOSABATI BILAN “ZULFIYAXONIM —  VAFO VA SADOQAT TIMSOLI”  
MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMAN TASHKIL ETILDI

Zulfiya ijodiy merosini chuqur o‘rganish, uning mangu barhayot she’riyati orqali o‘zbek adabiyoti va ma’naviyatining yuksak qirralarini anglash maqsadida tashkil etilgan anjumanda nafaqat oliygohimiz professor-o'qituvchilari balki, viloyatimizning eng bilimli, ko'zga ko'ringan olima ayollari, ijodkorlari ham ishtirok etib, o'zlarining chuqur ma'no-mazmunga ega bo'lgan ma'ruzalarini taqdim qildilar. 
Xususan anjumanda "Yosh talaba-qizlar tarbiyasiga Zulfiyaxonim ijodining ma'naviy-mafkuraviy ta'siri" mavzusidagi ma'ruzasi bilan O‘zbekiston “Olima” uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi raisi, i.f.n., dotsent M.Iskandarova,
"Zulfiyaxonim – vafo va sadoqat kuychisi" mavzusidagi ma'ruzasi bilan Respublika xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Urganch davlat universiteti dotsenti hamda “Olima” uyushmasi raisi Sh.Nurullayeva, 
"Zulfiya ijojida milliy qadryatlar tarannumi" mavzusidagi ma'ruzasi bilan Urganch innovatsion universiteti f.f.n., dotsenti S.Samandarova,
"Zulfiya ijodida sadoqatning kuylanishi" mavzusidagi ma'ruzasi bilan Urganch davlat universiteti f.f.n., dotsenti M.Jumaniyazova,
"Zulfiyaxonim she’riyatida falsafiy teranlik" mavzusidagi ma'ruzasi bilan Urganch innovatsion universiteti "Pedagogika va boshlang‘ich ta'lim metodikasi" kafedrasi mudiri, dotsent Ch.Sabirova  hamda yana ko'plab o'qituvchi va talabalarimiz anjumanda o'z ishtiroki bilan chiqish qildilar. 

 Albatta, shaxsiy hayoti, ijodi hamda faoliyatida hamisha yuksak ma’naviyat, fidoyilik va samimiyat namunasi bo‘lgan  Zulfiyaxonim ijodini o'rganish aslo o'z muhimligini yo'qotmaydi va hali yurtimizda uning ko'plab izdoshlari bo'y ko'rsatadi!
 

  • 09:19 01/03/2025