Loading...

Taniqli о‘zbek shoirlari Omon Matjon va Matnazar Abdulhakim tavalludi munosabati bilan anjuman tashkil etildi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI  URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETI
"O‘ZBEK VA XORIJIY FILOLOGIYA" KAFEDRASI HAMDA ILMIY TADQIQOTLAR, INNOVATSIYALAR VA ILMIY PEDAGOG KADRLAR TAYYORLASH BO‘LIMI HAMKORLIGIDA TANIQLI О‘ZBEK SHOIRLARI OMON MATJON VA MATNAZAR ABDULHAKIM TAVALLUDI MUNOSABATI BILAN ANJUMAN TASHKIL ETILDI

Xorazm vohasining ikki zabardast shoirlari hayoti va ijodiga bag'ishlangan mazkur anjumanni Urganch innovatsion universiteti rektori, f.f.n., Turon fanlar akademiyasi akademigi Ishmuratov Madamin Jumabayevich ochib berdilar.

Anjumanda "O.Matjon va M.Abdulhakim bilan bog‘liq xotiralar: adabiyot va hayot mushohadalari", "Omon Matjon asarlarida tarixiylik konsepsiyasi", "Yangi о‘zbek she'riyatida Omon Matjonning о‘rni",
"Omon Matjon asarlarining til xususiyatlari",
"Shoir Matnazar Abdulhakim she’riyati bo‘yicha", "M. Abdulhakim she’riyatining lingvopoetik jihatlari", "M.Abdulhakimning “Darsdan so‘ng” she’ri tahlili", "Badiiy so‘z ustalarining adabiy merosi" kabi mavzularda universitetimizning professor-o'qituvchilari va  talaba-yoshlarimiz o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi  Shuhrat Matkarim hamda Matnazar Abdulhakimning og’li Muzaffar Abdulhakimovning ishtirok etishi tadbirga o’zgacha shukuh baxsh etdi.

  • 11:47 20/02/2025