Loading...
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
2024-yil 21-fevraldagi 15-son bayonining 22-bandiga asosan joriy yilning 17 — 21-fevral kunlari Oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlinma xodimlari uchun ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish” mavzusida oʻquv-trening kurslarini tashkil etilishi ko'zda tutilgan edi.
Shular ijrosini ta'minlash maqsadida 19-fevral sanasida O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan "Bizni taʼlim birlashtiradi" shiori ostida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.
Taʼlim bilan bog'liq yangiliklar, ijtimoiy loyihalar hamda sohaga oid takliflar ko'rib chiqilgan va muhokama qilingan tadbirda
Urganch innovatsion universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, dotsent Masharipov Mansurbek Masharipovich ham ishtirok etdi.