Loading...
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining
2024-yil 21-fevraldagi 15-son bayonining 22-bandiga asosan joriy yilning 17 — 21-fevral kunlari Oliy taʼlim muassasalaridagi ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlinma xodimlari uchun ekspertlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ilmiy ishlanmalarni loyihalash, ishlab chiqarish va tijoratlashtirish” mavzusida oʻquv-trening kurslarini tashkil etilishi ko'zda tutilgan edi.
Shular doirasida 17 — 21-fevral kunlari O'zbekiston Nodavlat ta'lim muassasalari Assotsiatsiyasi tashabbusi bilan "Bizni taʼlim birlashtiradi" shiori ostida kengaytirilgan yig'ilish hamda bir qator tadbirlar bo'lib o'tdi.
Taʼlim tizimi bilan bog'liq yangiliklar va ko'plab ijtimoiy loyihalar, sohaga oid bir qator takliflar ko'rib chiqilgan hamda tajriba almashilgan tadbirlar so'nggida ishtirokchilar, xususan
Urganch innovatsion universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, dotsent Masharipov Mansurbek Masharipovich ham Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Sertifikat bilan taqdirlandilar!