Loading...

“Iqtidorli talabalar jamiyati” a'zolari ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi


Urganch innovatsion universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan tashkil qilingan “Iqtidorli talabalar jamiyati” a'zolari ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi

Uchrashuvda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 22/01-guruh talabasi S.Toxirova, Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi 24/01-guruh talabasi U.Yangiboyeva, Filologiya va tillarni o‘qitish:o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 22/01-guruh talabasi I.Rustamova, tarix ta’lim yo‘nalishi  23/02-guruh talabasi R.Otaboyeva hamda 
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi  24/01-guruh talabasi A.Qurbonboyeva ma'ruza qilib, o‘z ilmiy faoliyatiga doir amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, talabalar  o‘qigan badiiy va ilmiy adabiyotlar, undagi ilmiy g‘oya va qarashlar, yozgan ilmiy maqolalarini xususida so'z yuritdilar.
Uchrashuv so'nggida hafta davomida ilmiy faoliyati bilan  chuqur shug‘ullangan eng faol talaba o'z tengdoshlari tomonidan ovoz berish yo'li orqali aniqlandi va eng ko'p ovoz to'plagan talaba R.Otaboyeva ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan 200 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  • 16:24 19/02/2025