Loading...
Urganch innovatsion universitetida
"Ma’naviy-ma’rifiy yo'nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarning o'rni va roli" mavzusida o'quv seminari tashkil etildi
Seminarda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor N.Matyakubov, rektor maslahatchisi G‘.Matsapayev, Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi boshlig'i X.Davletov, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Abdullayevlar ishtirok etib, mavzuga doir muhim masalalar va mavzular borasida tyutorlar bilan suhbat qurdilar. Ularning bugungi kundagi faoliyati va amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan ishlari haqida so'z yuritdilar.