Loading...
Urganch innovatsion universiteti
ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori M.Masharipov hamda universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi
Uchrashuvda shuningdek, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti dekani B.Satimov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig'i M.Matnazarov hamda ushbu bo'lim bosh mutaxassisi S.Qo'shchanovlar ham ishtirok etib, oliygohimizda tengdoshlariga namuna bo'lib kelayotgan talaba-yoshlarning ilm yo'lidagi yuksalishlari uchun ustoz-shogird an'anasini yo‘lga qo‘yish va kelgusida amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan rejalar xususida so'z yuritdilar.
Ushbu talaba-yoshlar orasidan prezident hamda nomdor davlat stipendiyasi sovrindori bo'lish uchun davogarlik qila oladigan bilimli va iqtidorli yoshlar borligiga ishonch bildirdilar.