Loading...

"Bir haftada bir kitob" loyihasining final bosqichi bo'lib o'tdi


 Urganch innovatsion universitetida o'tkazib kelinayotgan "Bir haftada bir kitob" loyihasining final bosqichi bo'lib o'tdi

Tadbir avvalida Urganch innovatsion universiteti rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi Ishmuratov Madamin Jumabayevich kitob mutolaasini odat qilgan bilimdon talaba-yoshlarning safi kengayib borayotganidan xursandligini bildirib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Yil davomida ushbu loyiha doirasida ko'plab kitoblarning tahlili bilan shug'illangan eng iqtidorli talabalar ushbu tadbirda 4 ta shart asosida bellashdilar.
O'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari asarlari asos qilib olingan shartlarda  yuqori natijalarni qo’lga kiritib:

1-o’rinni I.Rustamova

2-o’rinni Sh.Masharipov

3-o’rinni X.Xayitovalar egallashdi!

Shuningdek, U.Masharipov hamda N.Allaberganovalar ham “Eng zukko talaba” nominatsiyasi bo’yicha sovrindor bo’ldilar.

G’olib va sovrindorlar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar!

  • 15:19 20/12/2024