Loading...

Urganch innovatsion universiteti talabasi hamda matbuot kotibi, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi Karimova Mahliyo Atobayevnaning “TASKIN“ nomli birinchi kitobi nashr etildi


Urganch innovatsion universiteti talabasi hamda matbuot kotibi, Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi sohibasi Karimova Mahliyo Atobayevnaning “TASKIN“ nomli birinchi kitobi nashr etildi

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida yosh ijodkorlarning “Birinchi kitobim” loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

   Unda ustoz adiblar, yosh ijodkorlar, adabiyot ixlosmandlari jam bo‘ldi. Tadbirni Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid ochib berdi va davlatimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtaldi. Shundan so‘ng, uyushma raisi o‘rinbosari Farida Afro‘z, Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutiga direktori Botir Ergashev, “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari Nosirjon Jo‘rayev, shoir va tarjimon Nikolay Ilin, yosh adabiyotshunos Begzod Ibragimov so‘zga chiqib  mualliflarni ushbu unutilmas kun bilan qutladi!

Zomin seminaridan saralab olingan 19 nafar mualliflarning 18 nomdagi birinchi kitoblari orasida universitetimiz matbuot kotibi va talabasi Mahliyo Karimovaning “Taskin” nomli kitobi ham borligi bizni quvontiradi albatta!

  • 15:12 29/12/2024