Loading...
Urganch innovatsion universiteti navbatdagi Rektor oldi Kengashi bo'lib o'tdi
Universitet rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi Ishmuratov Madamin Jumabayevich raisligida o'tkazilgan yig‘ilishda quyidagi:
1. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Matyakubov Nurbek Rayimberganovich dotsent ilmiy unvonini olganligi munosabati bilan;
2. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Matnazarov Murodbek Maxsudbekovich filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganligi munosabati;
3. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Maxmudov Umrbek Baxtiyorovich tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olganligi munosabati bilan;
4. Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Karimova Mahliyo Ataboyevna O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Taskin” nomli she’riy to‘plami nashr etilganligi munosabati bilan rag'batlantirish masalalari ko'rib chiqildi va qaror qilindi.