Loading...

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga qaratilgan tizimli ishlari davom etmoqda


Urganch innovatsion universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi tomonidan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishga qaratilgan tizimli ishlari davom etmoqda

Shu doirasida hafta davomida ilmiy faoliyatga doir amalga oshirilgan ishlar bilan tanishish, 
chop qilishni rejalashtirayotgan maqolalarini tahlil qilish, talabalarni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig'i A.Abdullayev tomonidan navbatdagi uchrashuv tashkil qilindi. 
Uchrashuvda talabalarimiz N.Masharipova D.Aminova, G.Otaxonova, I.Rustamova hamda B.Atayevlar ishtirok etib ilmiy faoliyatlarini amalga oshirish borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan ma’lumot berdilar. 

Uchrashuv so‘ngida hafta davomida eng samarali ish olib borgan talabalar ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig'i A.Abdullayev tomonidan 200 000 so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandilar

  • 16:02 30/01/2025