Loading...
Urganch innovatsion universitetida
"Jadidlar jasorati – millatimiz faxri" hamda "Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari" mavzularida bo'lib o'tgan insholar tanlovining respublika bosqichiga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.
Oliy ta'lim muassasalari uchun tanlovning navbatdagi bosqichi Qoraqalpoq davlat universitetida 3-fevral sanasida bo'lib o'tishi belgilangan.
Shu sababdan tanlovga puxta tayyorgarlik ko'rish va tayyorgarlik darajasini yuqori saviyada tashkil etish maqsadida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i A.Abdullayev hamda “O‘zbek va xorijiy filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi M.Matqurbonovalar tomonidan talaba-yoshlarimiz uchun maxsus dars-mashg'ulotlari bo'lib o'tmoqda.