Call center

Abdirimov Razzoqberdi

Tarix fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, dotsent

dotsent

1971–1976 yy. — Toshkent davlat universiteti talabasi.
1976–1978 yy. — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti katta laboranti.
1978–1979 yy. — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti kichik ilmiy xodimi.
1979–1981 yy. — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti stajyor-tadqiqotchisi.
1981–1989 yy. — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologiya instituti ilmiy xodimi.
1989–1993 yy. — Sirdaryo davlat pedagogika instituti tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi.
1993–1996 yy. — Urganch davlat universiteti umumiy tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi.
1996–1997 yy. — Urganch davlat universiteti sirtqi bo‘lim dekani muovini.
1997–1998 yy. — Urganch davlat universiteti O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi dotsenti.
1998–2005 yy. — Urganch davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri.
2005–2018 yy. — Urganch davlat universiteti tarix kafedrasi dotsenti.
2018–2020 yy. — Urganch davlat universiteti tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi.
2020 y. — Urganch davlat universiteti tarix kafedrasi katta o‘qituvchisi (tashqi o‘rindoshlik asosida).
2020–2021 yy. — Xorazm Ma’mun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlari bo‘limi katta ilmiy xodimi.
2021–2023 yy. — Xorazm Ma’mun akademiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlari bo‘limi yetakchi ilmiy xodimi.
2023 yildan hozirga qadar — Urganch Innovasion Universiteti ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi dotsenti.

1954 yil 11-iyulda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Partiyaviyligi yo‘q. 1976 yilda Toshkent davlat universitetining kunduzgi bo‘limini tamomlagan, mutaxassisligi – tarixchi-arxeolog. Ilmiy darajasi – tarix fanlari nomzodi, ilmiy unvoni – katta ilmiy xodim. Rus tilini biladi. Davlat mukofotlari bilan taqdirlanmagan. Xalq deputatlari kengashlari a’zosi emas.

Sertifikatlar va yutuqlar