Loading...

Yusupov Davronbek Firnafasovich

Ta'lim sifatini nazorat qilish departamenti boshlig'i

2002-2005 yy. - Urganch davlat universiteti talabasi
2005-2006 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talabasi
2006-2008 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali magistranti
2009-2010 yy. - Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji kasbiy ta’lim ustasi
2010-2012 yy. - Urganch davlat universiteti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi 
2012-2015 yy. - Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
2015-2020 yy. - Urganch davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi 
2020-2023 yy. - Urganch davlat universiteti fizika-matematika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari 
2023 y. - 2024yy.   - Urganch davlat pedagogika institutining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor
2024 y. -h.v  - Urganch innovatsion university Ta'lim sifatini nazorat qilish departamenti boshlig`i

Yusupov Davronbek Firnafasovich 1985 yili Toshkent shaxar Olmazor tumanida  tugʻilgan, millati oʻzbek. 
Yusupov Davronbek Firnafasovich 2002-2005 Urganch davlat universitetining Fizika-matematika fakultetining "Informatika va axborot texnologiyalari” bakalavriat ta'lim yoʻnalishini, 2006-2008 oʻquv yilida ushbu  institutning “Kasb-hunar fanlarni oʻqitish metodikasi” mutaxassisligi boʻyicha magistraturani muvaffaqiyatli tamomlagan.
Oʻzining mehnat faoliyatini 2008-2010 yillari Urganch politexnika va kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida oʻkituvchisi  lavozimida, 2010-2012 yillarda Urganch davlat universitetining “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi oʻqituvchisi va 2012-2015 yillarda ushbu institutining Pedagogika fakulteti oʻquv ishlari boʻyicha dekan oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.
2019-2023 yillar Yusupov Davronbek Firnafasovich Urganch davlat universiteti  Fizika-matematika fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari  lavozimida faoliyat olib borgan.
2023-2024 yillar Urganch pedagogika institutida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar buyicha prorektor.
2018-2022 yillarda Urganch davlat pedagogika institutining “Axbarot texnologiyalari” kafedrasining mustaqil izlanuvchisi sifatida ilmiy ish bilan shugʻullangan. 
Yusupov Davronbek Firnafasovichning “Informatika fani tarkibini strukturalab neyron toʻrlari orqali talabalarni faollashtirish metodikasi” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishi mavzusi OAK byulletenida  2022 yil  1-sonida e'lon qilingan.
Yusupov Davronbek Firnafasovichning 2022 yil 11 faeralda Nukus davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01 raqamli Ilmiy kengashga taqdim etilgan. 2022 yil 25 martda Ilmiy kengash qoshidagi 13.00.02– Ta'lim va tarbiya nazariyyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi boʻyicha ilmiy seminar majlisidan oʻtib (bayonnoma № 2), 2022 yil 22 aprel kuni mazkur ish Ilmiy kengashga qabul qilingan. 2022 yil 1-avgust kuni OAK saytida ushbu ishning himoyasi haqida e'lon qilingan.
2024 yil 28 avgustdagi 360/1 sonli bayonnomasi bilan 13.00.02– Ta'lim va tarbiya nazariyyasi va metodikasi (informatika) ixtisosligi boʻyicha dosent ilmiy darajaga ega bulgan.
Yusupov Davronbek Firnafasovichning tomonidan 53 nomda ilmiy ish, jumladan, 2 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy kursatma, 16 ta OAK tomonidan tavsiya etilgan jurnallarda, respublika va xorijiy jurnallarda nashr etilgan.

Sertifikatlar va yutuqlar