Loading...

Masharipov Mansurbek Masharipovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektorning

LAVOZIM YO‘RIQNOMASI

                                                                       I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Lavozim Yo‘riqnomasi Urganch innovatsion universitetining (keyingi o‘rinlarda – Ish beruvchi) Ustavi, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

 1.2. Lavozim Yo‘riqnomasining asosiy vazifasi Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor vazifalarining funksional doirasini aniq belgilab qo‘yish hamda unga yuklatilgan Ish beruvchining oldidagi majburiyatlarini sifatli, o‘z vaqtida va vijdonan bajarishi uchun shaxsiy mas'uliyatini oshirishdan iborat.

1.3. Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish ta’sischilarning kelishuviga asosan amalga oshiriladi.

1.4.  Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor bo‘lmagan paytda (xizmat safari, ta'til, kasallik va h.k. tufayli) uning vazifalarini belgilangan tartibda tayinlangan shaxs bajaradi, bu shaxs yuklatilgan vazifalarni lozim tarzda bajarish uchun vakolat va javobgarlikka ega bo‘ladi.

                                                                    II. Malaka talablari

2.1. Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor lavozimiga qabul qilishda Ish beruvchi nomzodga quyidagi talablarni qo‘yadi:

- oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv lavozimlarida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta'lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;

- namunaviy shaxsiy fazilatlarga, intellekt, madaniyatlilik, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas'uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat'iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishini ta'minlash xususiyatlariga;

- oliy ta'lim muassasasida bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri buyicha fan doktori (yoki DSc) yoki fan nomzodi (falsafa fanlari doktori PhD) ilmiy darajasiga, professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo‘lishi zarur;

            - oliy ta'lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida, kafedra mudiri, bo‘lim boshlig‘i, fakul'tet dekani yoki o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.        

III. Lavozim vazifalari

3.1. Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori:

- O‘zbekistan Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahqamasining ilm-fan, innovasion faoliyat, ta'lim hamda kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;

- mutasaddi yuqori tashkilotlarning buyruqlarini, farmoyishlari va ko‘rsatmalarini, ilmiy-tadqiqot faoliyati jarayonlariga oid masalalar buyicha oliy ta'lim muassasasi Kengashi qarorlari va rektor buyruqlarining bajarilishini tashkil qilish;                    

- Ilg‘or mamlakatlar ta'lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqa ilm-fan va ta'limga oid qonunlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta'minlash;       

- oliy ta'lim muassasasining ilmiy faoliyat yunalishlarini ishlab chiqish va samarali amalga oshirishni ta'minlash;

- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy rejalari ilmiy qismidagi vazifalarni bajarilishini nazorat qilish va ta'minlash;

- halkaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, dolzarb mavzularda ilmiy mavzularda seminarlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talabalarning ilmiy-tadkikot ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

- ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish, innovasion faoliyatni tashkil etish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadkkot muassasalar bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;

- ilmiy konferensiya materiallarini, davriy ilmiy jurnallar va ilmiy ishlar tuplamlarini oliy ta'lim muassasasi xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish xamda oliy ta'lim muassasasining ilmiy faoliyat yunalishlari buyicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turilishini ta'minlash;

- iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

- oliy ta'lim muassasalari bilan ilmiy yunalishda doimiy hamkorlikni amalga oshirish, konferensiya, seminarlarda professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta'minlash, mahalliy hokimiyatlar bilan hamkorlikda ishlash;

- ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish;

- halqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalaridan foydalanish, halqaro ilmiy jurnallarga maqolalar tayyorlash va e'lon qilish, ularni iqtibosligini oshirish buyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- oliy ta'lim muassasasida ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishini ta'minlash.

3.2. Vakolati doirasida kuyidagilarni amalga oshiradi:

- ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy seminarlar, anjumanlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;      

- ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan eksperimental tajriba-konstruktorlik ishlarning yillik rejalarini ishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

- ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar doirasida olinadigan intellektual mulk ob'ektlari va intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish;

- xo‘jalik sub'ektlari bilan shartnomalar, innovasion ilmiy-amaliy dasturlarni, patent-lisenzion faoliyatini amalga oshirish;

- professor-o‘qituvchilar, xodimlar va ta'lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish va boshqarish;        

- ilmiy noshirlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish;

- yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonini tashkil etish va boshqarish;

- ilmiy ishlanmalarni ko‘rgazmalarini va tanlovlar faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;           - texnoparklar, biznes-inkubatorlar, innovasion-texnologik markazlar, intellektual faoliyat natijalarini amaliyotda joriy etuvchi xo‘jalik jamiyatlari, notijorat tashkilotlari, fondlar va boshkalar faoliyatini tashkil etish va ishtirok etish;

- ilmiy va nashriyot faoliyatini amalga oshirish bilan aloqador halqaro xamkorliklarni amalga oshirish;

- o‘z vakolati buyicha davlat boshqaruv idoralari, mulkchilikning barcha shakllari bo‘yicha mahalliy o‘zi-o‘zini boshqarish tashkilotlari, korxonalar va muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qilish.

3.3.Quyidagi faoliyatlar bo‘yicha umumiy boshqaruvni tashkil etadi:

- oliy ta'lim muassasasining ilmiy ishlari va innovasion faoliyatini;

- oliy ta'lim muassasasining ilmiy ishlar va innovasion faoliyatiga aloqador bo‘linmalar va fakul'tetlararo ilmiy laboratoriyalar faoliyatini;

- oliy ta'lim muassasasining doktorantura bo‘limi va ilmiy bo‘limi, ilmiy-innovasion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi faoliyatini;

- ilmiy jurnallarning muxarrirlari va taxririyat kengashlari faoliyatini.

3.4. Quyidagi ishlarni muvofiqlashtiradi:

- ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha mas'ul xodimlar (dekan muovinlari), ilmiy-tadqiqotchilar faoliyatini;

- fan doktori (DSc), falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar ishlarini;

- ta'lim oluvchilarning (bakalavriatura va magistratura talabalari) ilmiy-tadkikot ishlarini;

- oliy ta'lim muassasasining yosh olimlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash faoliyatini.   

3.5. Doktorant, mustaqil izlanuvchilar va talabalarning ilmiy va ilmiy- tadqiqot ishlarini tashkillashtirish va amalga oshirish buyicha oliy ta'lim muassasasining fakul'tetlari, filiallari va boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari bilan o‘zaro faoliyat yuritadi.

3.6. O‘zining faoliyati yunalishi bo‘yicha hisobotlarni o‘z vaqtida tayyorlashni ta'minlaydi va oliy ta'lim muassasasini rivojlantirish joriy rejasiga taklif va tavsiyalar tayyorlaydi.

3.7. Rektorning alohida topshiriqlarini bajaradi.

VI. ILMIY ISHLAR VA INNOVASIYALAR BUYICHA PROREKTORNING

HUQUQLARI

4.1. Ilmiy ishlar va innovasiyalar buyicha prorektor kuyidagi xukuklarga ega;

- O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ilm-fan, innovasion faoliyat, ta'lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlaripi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Innovasion rivojlanish vazirligining qarorlarini, ko‘rsatmalarini amalga oshirish;

- oliy ta'lim muassasasining muammoli ilmiy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo‘linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, tadqiqot ishlarining natijaviy samaradorligi yuzasidan muntazam monitoring olib borish, ishlab chiqarish korxonalari bilan innovasion hamkorlikni yo‘lga qo‘ying, innovasiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini hal qilish, ilmiy-texnologik ishlanmalarni turli yarmarka va ko‘rgazmalarda taqdimot etilishini ta'minlash;

- ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini muassasa xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda muassasaning barcha ilmiy faoliyati yunalishlari buyicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish buyicha umumiy rahbarlikni olib borish;

 - ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda muassasa professor-o‘qituvchilari va xodimlarining qatnashishini ta'minlash, muassasada ilmiy maktablarning shakllanishiga ko‘maklashish, har qanday samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;

- o‘z faoliyati doirasida oliy ta'lim muassasasining bo‘linmalaridan ma'lumotlarni olish;

- oliy ta'lim muassasasida magistratura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikni rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanishni ta'minlash hamda muassasa xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlarni olishiga va ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlarning ochilishiga ko‘maklashish;

- iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;

- halqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy-tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish, barcha ilmiy-tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim etish;

- doktorantlar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;

- oliy ta'lim muassasasi fakul'tetlari, kafedralari, ilmiy markazlarning ilmiy va innovasion faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi.

V. ILMIY ISHLAR VA INNOVASIYALAR BUYICHA PROREKTORNING

MAJBURIYATLARI

5.1.  Ilmiy ishlar va innovasiyalar buyicha prorektorning majburiyatlari:

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 yanvardagi  12-sonli «Ijro intizomini mustaxkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ijro intizomiga, mexnat va o‘quv intizomiga, mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, ta'lim muasassasining Ustavi, Ichki tartib qoidalari, Ilmiy kengash karorlari, rektor buyruqlari hamda ta'lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo‘yilgan maqsad va vazifalarga, odob-axloq qoidalariga, shuningdek o‘zining xizmat majburiyatlari va vazifalariga rioya etish.

- O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligiga o‘rnatilgan tartibda ilmiy-innovasion ishlanmalarni joriy etish va tijoratlashtirish natijalari buyicha ma'lumotlar va hisobotlarni taqdim etish.

VI. Yakuniy  holatlar

            6.1. Mazkur Lavozim yo‘riqnomasiga Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektor taklifi bo‘yicha Ish beruvchining rahbariyati tomonidan o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

6.2. Lavozim yo‘riqnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Lavozim yo‘riqnomasining yangi tahririni tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda amaldagi Yo‘riqnoma uning yangi tahriri tasdiqlangan kundan boshlab o‘z kuchini yo‘qotadi.

6.4. Mazkur lavozim yo‘riqnomasi 2 nusxada tasdiqlanadi, ulardan bittasi imzo chektirib Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektoriga ishda qo‘llash uchun beriladi, ikkinchi nusxasi Ish beruvchining kadrlar xizmatida saqlanadi.

Urganch innovatsion universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent

HAYOTI VA FAOLIYATI

    Masharipov Mansurbek Masharipovich Xorazm viloyati, Xiva tumanida tug‘ilgan. 1998 – 2006-yillarda Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 10-sonli maktabni a’lo baholar bilan tamomlagan. 2007 – 2010-yillarda oʻrta maktabni tamomlagandan keyin, Urganch shahridagi 2-son Akademik litseyiga hujjat topshirib, oʻsha ta’lim muassasasida uch yil davomida ustozlardan tahsil olgan. Keyin 2010 – 2014-yillarda Urganch davlat universitetining Filologiya fakultetida kunduzgi boʻlimda tahsil olgan. 2014-yilda Urganch davlat universitetining Lingvistika: Oʻzbek tili yoʻnalishining magistraturasiga qabul qilingan. 2016-yilda magistratura bosqichini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Oʻqish davrini tugatgandan keyin esa oʻrta ta’lim maktab oʻquvchilariga ona tili va adabiyot fanidan tayyorlov kurslarini tashkil qilgan holda koʻpgina oʻquvchilarimizning Oliy ta’lim muassasasi talabalari boʻlishi oʻz hissasini qoʻshgan. Hozirgi kunda uning koʻplab shogirdlari Oliy ta’lim, oʻrta ta’lim dargohlari va boshqa koʻplab sohalarda oʻz faoliyatlarini olib bormoqdalar. 2016 – 2019-yillarda “Xorazm ilm ziyo” nodavlat ta’lim muassasasida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi boʻlib, 2019-yilda Urganch davlat universitetining Filologiya fakultetida uslubchi hamda “Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasida oʻqituvchi-stajyor vazifalarida ishlagan. 2020 – 2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida mustaqil izlanuvchi, 2022-yil noyabridan Urganch innovatsion universitetida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 2023-yilda Urganch innovatsion universitetining rektori vazifasini bajaruvchi boʻlib ham faoliyat olib borgan. Pedagogik staji 11 yil. Oilali. 3 nafar farzandning otasi.

    M.Masharipov tomonidan 30 ga yaqin ilmiy maqolalar hamda tezislar Respublika va xorijiy davlatlarning ilmiy jurnallarida, turli xil konferensiyalarida chop qilingan. U ijtimoiy faolligi uchun 2022-yilda “Vatanning sadoqatli farzandi – fidoiy inson” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.  

    Oliy ta’lim muassasasida ilg‘or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, oliy ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalar ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida bir qator ishlarni yoʻlga qoʻymoqda.

    M.Masharipov fidoiy, mehnatkash, tajribali rahbar va pedagog sifatida muassasada samarali mehnat qilib kelmoqda. Mehnat faoliyati davomida u oʻzining mas’uliyatliligi, talabchanligi hamda tinimsiz oʻz ustida ishlashi bilan jamoada alohida e’tiborga ega. U “Ustoz va shogird” tizimida samarali mehnat qilayotgan mohir pedagog hisoblanadi.

    2023-yilda Guliston davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi kengashida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi M.Masharipov Oʻzbek tili ixtisosligi boʻyicha filologiya fanlari doktori, professor S.Normamatov rahbarligida filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli 100 foiz ovoz bilan himoya qilgan. 2025-yil 4 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiyasi komissiyasining 366/4 - sonli bayonnomasiga ko'ra M.Masharipov "O'zbek tili" ixtisosligi bo'yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo'ldi

    M.Masharipov hozirgi kunda oʻquv ishlarini tashkil qilish, samaradorligini oshirish maqsadida ilgʻor pedagogik texnologiyalar, ilgʻor xorijiy tajribalar, yangi axborot texnologiyalaridan foydalangan holda oʻzining butun bilimi, qobilyati hamda fidoyiligini namoyon qilgan holda o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, ta’lim sifatini xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida muntazam oshirib borish choralarini ko‘rish borasida muntazam ishlarni amalga oshirmoqda.

 

 

Sertifikatlar va yutuqlar