Loading...
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi “Urganch yoshlar texnoparki” davlat muassasasi hamda Urganch innovatsion universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi
Tadbir avvalida “Urganch yoshlar texnoparki” bo‘lim boshlig‘i M.Bekiyev hamda markaz yetakchi mutaxassisi Y.Soliyev “Urganch yoshlar texnoparki” davlat muassasasining faoliyati haqida ma'lumotlar keltirib, talabalar tomonidan berilgan savollarga ham batafsil javob berdilar.
Memorandumga ko'ra universitetimizning professor-o‘qituvchi hamda talaba-yoshlari Innovatsion ishlanmalar, G‘oyalar, Robototexnika, IT sohasida bilim olishlari, o'zlarining innovatsion g'oyalarini mazkur muassasa ko'magida amalga oshirishlari mumkin bo'ladi.