Loading...
Rossiya Federatsiyasining A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti rektori G.V.Dvas tomonidan Urganch innovatsion universiteti rektori Ishmuratov Madamin Jumabayevich nomiga minnatdorlik xati yo'llandi.
Unda Urganch innovatsion universitetining raqamli ta'lim texnologiyalari bo'limi boshlig'i Allayarov Dilshodbek Maratovich hamda xalqaro aloqalar bo'lim boshlig'i Xusainov Jahongir Bahodirovichlarning A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti tabiiy bilimlar, geografiya va turizm fakulteti talabalariga "Turizmda marketing texnologiyalari (O'zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati misolida)" mavzusida qilgan ma'ruzalari hamda ikki tomonlama xalqaro hamkorlikni o'rnatishga zamin hozirlaganliklariga alohida urg'u berildi.