Loading...

Ishmuratov Madamin Jumaboyevich rahbarligidagi delegatsiya Rossiyaning Altay o’lkasi Belokurixa shahrida bo’lib o’tgan OLTOY-OSIYO Xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar


Urganch innovatsion universiteti rektori Ishmuratov Madamin Jumaboyevich rahbarligidagi delegatsiya joriy yilning 3-oktabr sanasidan 5-oktabr sanasiga qadar Rossiyaning Altay o’lkasi Belokurixa shahrida bo’lib o’tgan OLTOY-OSIYO Xalqaro ta’lim forumida ishtirok etdilar.

Forumda oliygohimiz va ishtirok etuvchi boshqa universitetlar Oliy ta’lim sohasida o’zaro hamkorlikni mustahkamlash, bir qator yo’nalishlarda o’zaro tajriba almashish masalalarini muhokama qildilar.

Shundan so’ng delegatsiyamiz a’zolari 7/8-oktabr kunlari A.S.Pushkin nomidagi Leningrad davlat universiteti rektori, professor Grigoriy Viktorovich Dvas taklifiga binoan mazkur universitetga ham tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida ikkala oliygohning kelgusida hamkorlik natijasida amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan yangi loyihalar, xususan, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, masofaviy ta'lim yo‘nalishlarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

  • 11:01 09/10/2024