Loading...

“Iqtidorli talabalar jamiyati” a'zolari ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi


Urganch innovatsion universitetining ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi tomonidan tashkil qilingan “Iqtidorli talabalar jamiyati” a'zolari ishtirokidagi navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi

Uchrashuvda filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi talabasi  D.Aminova, filologiya va tillarni o‘qitish: o'zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi I.Rustamova hamda tarix ta’lim yo‘nalishi talabasi R.Otaboyevalar ma'ruza qilib, o‘z ilmiy faoliyatiga doir amalga oshirgan ishlari yuzasidan ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, talabalar  o‘qigan badiiy va ilmiy adabiyotlar, undagi ilmiy g‘oya va qarashlar, yozgan ilmiy maqolalarini xususida so'z yuritdilar.
Uchrashuv so'nggida hafta davomida ilmiy faoliyati bilan  chuqur shug‘ullangan eng faol talaba o'z tengdoshlari tomonidan ovoz berish yo'li orqali aniqlandi va eng ko'p ovoz to'plagan talaba I.Rustamova ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig'i A.Abdullayev tomonidan
200 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  • 16:52 05/02/2025