Call center

Ichan qal’ada an’anaviy “Qovun sayli” boshlandi!


Ayni daqiqalarda ochiq osmon ostidagi muzey deya e’tirof etiluvchi qadim Ichan qal’a majmuasida an’anaviy “Qovun sayli” tantanalari boshlandi.
Nafaqat hamyurtlarimiz, balki, butun dunyodan tashrif buyurgan sayyohlarning alohida e’tibori va e’tirofiga sazovor bo’lgan ushbu madaniy tadbirda
😀 Urganch innovatsion universiteti ham o’z pavilyoni bilan faol ishtirok etmoqda.
“Qovun sayli”ga tashrif buyurgan festival mehmonlari nafaqat Xorazmning betakror ta’mli qovunlari, balki, qovunni qayta ishlash orqali tayyorlangan turli mahsulotlar bilan yaqindan tanishib, ularni tatib ko‘rmoqdalar. Mahsulotlarning betakror ta’mi, sifati xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirib, ularning yuksak e’tiroflariga sazovor bo‘lmoqda.

🗣Barcha yurtdoshlarimiz va vohamiz mehmonlarini “Qovun sayli”ga taklif etamiz!

  • 11:51 11/08/2026