Biz Haqimizda
Urganch Innovatsion Universiteti — O‘zbekiston Respublikasida o‘z faoliyatini boshlagan nufuzli nodavlat oliy ta’lim
muassasalaridan biridir. Universitet 2022-yilda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan 391340-sonli litsenziya
asosida faoliyat yuritmoqda
Bugungi kunda Urganch innovatsion universitetida 10 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 4 ta magistratura
mutaxassisligi bo‘yicha 4000 nafarga yaqin talabalar kunduzgi hamda sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olmoqda.
Universitetda 90 nafar professor-o‘qituvchi va 122 nafar xodim faoliyat yuritadi
O‘quv jarayonlari kredit-modul tizimi asosida, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng
foydalanilgan holda olib boriladi. Ma’ruza zallari, kompyuter sinflari va kutubxonalar multimedia proyektorlari,
video va audio tizimlari bilan jihozlangan.
Universitetda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti faoliyat yuritadi. O‘quv dasturlari “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonun, “Davlat ta’lim standarti” va “Malakaviy talablar” asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalarga
zamonaviy bilimlar bilan bir qatorda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq komil insonlarni tarbiyalash maqsad
qilingan
Urganch innovatsion universiteti bugungi kunda Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti, X.Do‘smuhamedov
nomidagi Atirau universiteti, Shimoliy Kavkaz davlat akademiyasi, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy
universiteti, Akademik E.A.Buketova nomidagi Qarag‘anda universiteti, Ozarbayjon Iqtisodiyot Universiteti, Oltoy
davlat universiteti, A.S.Pushkin nomidagi Brest va Leningrad universitetlari, Orenburg davlat universiteti,
Yaroslavl pedagogika universiteti, Belgiya ta’lim kengashi va boshqa ko‘plab xalqaro oliygohlar bilan hamkorlik
aloqalarini yo‘lga qo‘ygan
2024-yilda universitet tomonidan “Zamonaviy ilm-fan taraqqiyotida ijtimoiy-gumanitar fanlarning dolzarb masalalari”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Bundan tashqari, talaba va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida
ilmiy jurnallar chop etish, xalqaro loyihalar va ta’lim almashinuvi dasturlarida faol ishtirok etishmoqda
Kelgusida Urganch innovatsion universitetida masofaviy ta’lim yo‘nalishlarini ochish, Osiyo va Yevropa mamlakatlari
bilan almashinuv dasturlarini kengaytirish, hamda 7 qavatli o‘quv binosi va 4 qavatli talabalar turar joyi qurish
rejalashtirilgan
Universitetning bosh maqsadi — zamonaviy, innovatsion fikrlovchi, xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh
mutaxassislar tayyorlash, ta’lim va tarbiya orqali jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir.