Loading...
Urganch innovatsion universitetida 28-mart sanasida ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi tomonidan "Mahmudxo'ja Behbudiy saboqlari" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazilgan edi.
Insholar tanlovida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili, ingliz tili yo'nalishlari talabalari faol ishtirok etishdi.
Tanlov natijalariga ko'ra:
🥇 - o'rinni — 22/01-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi I.Rustamova
🥈 - o'rinni — 24/01-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi U.Yangiboyeva
🥉- o'rinni — 24/02-guruh Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi talabasi M.Samandarovalar qo'lga kiritdilar!
G'oliblar ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo'limi tomonidan diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.