Loading...
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi PQ-3682-son
qarorida mamlakatda innovatsion infratuzilmani yanada takomillashtirish,
tadbirkorlikni va innovatsion salohiyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida bir qator mas'ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har yili
"Inno Week.uz — 2024" Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligini o'tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun,
14-noyabr kuni
"Inno Week.uz — 2024" Xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligining ochilish marosimi bo’lib o’tmoqda.
Nufuzli tadbirda Urganch innovatsion universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, PhD. Masharipov Mansurbek Masharipovich ham oliygohimiz nomidan ishtirok etmoqdalar!