Loading...
Qozog‘iston Respublikasi Fan va oliy ta'lim vazirligi
ATYRAU UNIVERSITY da bo'lib o'tayotgan tadbirlarning keyingi kunida (22.10.2024)
"Satimjon Sanboyev ijodida adabiy an’ana va milliy ong" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o'tkazildi.
Anjumanda Gollandiya, Germaniya, Turkiya, O'zbekiston hamda Ozarbayjon kabi davlatlardan tashrif buyurgan filologlar ishtirok etishdi.
ATYRAU UNIVERSITY rektori Idrisov Salamat Nurmuhanuli hamda Masharipov Mansurbek Masharipovich ishtirokida bo'lib o'tgan uchrashuv jarayonida ham ikkala oliygoh o'rtasida kelgusida amalga oshirilishi ko'zda tutilayotgan hamkorlik muhokama qilindi.
Tadbir yakunida taqdim qilingan Tashakkurnomada ham hamkorligingiz va xalqaro aloqalaringiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz, sizning yuqori malakangiz va professionalligingizni alohida ta'kidlaymiz, umid qilamizki, kelgusida hamkorligimiz yanada mustahkamlanadi va yanada samarali bo'ladi kabi so'zlar joy oldi!