Loading...

Buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan  Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi


Urganch innovatsion universiteti ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va pedagogika fakulteti tomonidan buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan  Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi 

Tadbirni Urganch innovatsion universiteti rektori f.f.n, Turon fanlar akademiyasi akademigi Ishmuratov Madamin Jumabayevich ochib berib, Navoiy dahosiga ehtirom, uning boy ijodiy merosini o'rganish va  tadqiq qilish bizning kelajak avlod oldidagi burchimiz ekanligini alohida ta'kidladi.

Anjumanni "Alisher Navoiy ijodida turkiy ruhiyat ifodasi" nomli ma'ruzasi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti "O‘zbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik" kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Jabborov Nurboy Abdulhakimovich hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining professor-o’qituvchilari o’z ma’ruzalari bilan boshlab berdilar.
Oliygohimizda faoliyati olib borayotgan o'nlab professor-o'qituvchilarimiz ham o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etib, ular o'z so'zida Navoiy ijodini  o'rganish hech qachon o'z dolzabrligini yo'qotmasligiga alohida urg'u berdilar. 

  • 12:59 07/02/2025