Ekofaol talabalar

Tabiatni asrovchi faol yoshlar

Urganch innovatsion universiteti talabalari “Yashil makon” umummilliy loyihasi, hasharlar va ekologik tadbirlarda faol ishtirok etib, ona tabiatni asrash va hududni obodonlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Bugun Xorazm viloyati “Amir Temur”istirohat bog‘i hududida yoshlar yetakchilari va faol volontyorlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida obodonlashtirish tadbirlari bo’lib o’tdi.

Tadbirda Urganch innovatsion universitetining bir qator faol yoshlari ham namunali ishtirok etdilar. 
Albatta, bugun o’tqazilayotgan har bir nihol talaba-yoshlarning ona tabiatga bo’lgan e’tibori va mehrini ifoda etishi shubhasizdir.

UrIUda Hashar hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari bo'lib o'tmoqda.

UrIUda Hashar hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari bo'lib o'tmoqda.

 UrIUda Hashar hamda "Yashil makon" loyihasi doirasida ko'chat ekish ishlari bo'lib o'tmoqda.

Urganch innovatsion universitetida "Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi" shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududni ko'kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. 
Xususan, bugun universitetimizga 50 tup Terak, 50 tup Yasin, 100 tup Atirgul, 50 tup Sumax hamda 50 tup Klyog singari manzarali daraxtlarning koʻchatlari keltirilib, oliygoh rahbariyati hamda ishchi-xodimlari tomonidan universitet hududi boʻylab ekish, shuningdek, oligohimiz hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tashabbus universitet hududining ekologik muhitini yanada yaxshilash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda sog‘lom va obod muhitni shakllantirishga xizmat qiladi. Ko‘chat ekish jarayonida daraxtlarning parvarishi, ularni sug‘orish va saqlab qolish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Urganch innovatsion universiteti Boshlang'ich tashkiloti a'zolari tomonidan Eko-turizm Zakovat intellektual o'yinlari tashkil etildi

Intellektual loyihalar koordinatori Sh.Sultamurodova tomonidan kunduzgi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalar ishtirokida o'tkazilgan o'yinlar jarayonida talaba-yoshlar savollarga chaqqonlik va zukkolik bilan javob bergan holda yuqori natijalarni namoyish etdilar.