O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Urganch innovatsion universitetida "Mahmudxo'ja Behbudiy — Turkiston jadidchilik harakatining asoschisi" mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.

Universitet Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo'limi tomonidan respublika miqyosida o'tkazilgan ushbu anjumanda oliygohimiz va viloyatimizning ko'zga ko'ringan professor-o'qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari bilan bir qatorda jadidchilik harakati bo'yicha uzoq yillardan buyon izlanish olib borayotgan respublikamizning taniqli olimlari ham onlayn ishtirok etdilar.

Ma'ruzalarda atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo'ja Behbudiyning mashaqqatli, ammo sharafli umr yo'li imkon qadar ochib berildi. Uning qoldirgan boy merosi va ibratli umr yo'li qancha bahra olsak ham tugamaydigan ummon kabidir.

Anjumanda Mahmudxo'ja Behbudiyning evarasi Shohrux Behbudiyning ishtirok etishi, bobokalonining hayoti va ijodi haqida nutq so'zlashi hamda ishtirokchilarning savollariga javob berishi ayniqsa e'tirofga loyiq bo'ldi.

Anjumanda ishtirok etgan talaba-yoshlar bunday tadbirlarda ma'ruza qilish, ustozlardan chuqurroq bilim olish va tajriba orttirish ularning ilmiy izlanishlari uchun maktab vazifasini o'tashini alohida e'tirof etdilar.

URIU

O'rganishni boshlashga va ko'nikmalaringizni oshirishga tayyormisiz?

Mutaxassislar tomonidan boshqariladigan ta'lim yo'nalishlarida o'z karyeralarini o'zgartirayotgan minglab o'quvchilarga qo'shiling. O'z yo'lingizni tanlang va bugun sayohatingizni boshlang.

7
6
5
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Muvaffaqiyatli bitiruvchi

1
1
2
3
4
5
M+

O‘qiyotgan talaba

7
6
1
0
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
+

Malakali o‘qituvchi

2
1
2
3
4
5
7
6
5
4
3
2
1
0
k+

Ishga joylashgan bitiruvchi