Ilmiy-texnikaviy kengash faoliyatining maqsadi va asosiy vazifalari
ITK ni tashkil etishning asosiy maqsadi:
• universitetda ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali boshqarishni muvofiqlashtirish;
• ilmiy faoliyatga oid turli tashkiliy masalalarni muhokamasiga ilmiy jamoatchilikni jalb etish;
• ilmiy faoliyat natijalarini fan-ta’limning mos tarmoqlariga, o‘quv va ilmiy ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etishda ishtirok etish;
• dissertatsiya natijalarining fanga, amaliyotga tatbiq etilganligi, tashkilotlar tomonidan joriy etish uchun qabul qilinganligi yuzasidan asosli hujjatlar Urganch innovatsion universiteti Ilmiy kengashida muhokama etilganidan keyin, ushbu hujjatlar Urganch innovatsion universiteti ilmiy-texnikaviy Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi, ilmiy natijalaridan amaliyotda foydalanilganligi, foydalanishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlarni attestatsiya ishiga ilova qilish uchun berishni ta’minlash;
Urganch innovatsion universitetining ilmiy-texnikaviy kengashi faoliyati quyidagi asosiy vazifalarni bajarishga yo‘naltirilgan:
• ilmiy tadqiqotlar loyihalarini olib borish va Respublikada mos sohalardagi talabni hisobga olib, Urganch innovatsion universitetining asosiy ilmiy-tadqiqot faoliyatini shakllantirishda ishtirok etish;
• yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, ularning faolligini oshirish, shuningdek
iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqotlarni bajarishga keng jalb etishlarini ta’minlash;
• fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy-tadqiqotlarni bajarishda ilmiy-pedagogik xodimlarni imkon qadar keng jalb etish;
• Urganch innovatsion universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan monografiyalar, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar va risolalarning sifati va ularning mazmunini ko‘rib chiqish va belgilangan tartibda xulosa berish;
• Urganch innovatsion universitetining ilmiy va innovatsion faoliyati bo‘yicha qisqa va uzoq
muddatlarga mo‘ljallangan strategik rejasini tayyorlash va amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, shuningdek yangi o‘quv yili uchun ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bo‘yicha taklif berish;
• kompleks ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari va innovatsion loyihalarini bajarishda kafedralar ishini muvofiqlashtirish;
• Urganch innovatsion universitetining kafedralari rivojlanish istiqbollarini, ularda o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqotlar yo‘nalishlarini, ularning universitet ta’lim dasturlari va mutaxassislarni tayyorlash yo‘nalishiga mos kelishini aniqlash bo‘yicha takliflar berish;
• bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar natijalarini baholash va tahlil qilish, shuningdek kafedralarning yillik rejalaridagi ilmiy ish yakunlarini monitoring qilish;
• o‘quv-ilmiy, ilmiy-amaliy laboratoriyalarni tashkil etilishini maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish, ularning rejalari va hisobotlarni tasdiqlash;
• ilmiy-tadqiqot va sinov-konstruktorlik ishlari va innovatsion loyihalarning natijalari bo‘yicha hisobotlarni ko‘rib chiqish va baholash, shuningdek ularni davom ettirilishi maqsadga muvofiqligi bo‘yicha xulosa berish;
• chop etishga tayyorlangan ilmiy ishlarni va maqolalarni muhokama qilish va ekespert sifatida xulosasini berish;
• ilmiy-tadqiqotlar olib borish bazasidan foydalanish samarasini tahlil qilish, uni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
• doktorant, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning hisobotlarini davriy ravishda eshitib borish va monitoring qilish;
• fakultetlar, kafedralar ilmiy seminarlar ish faoliyati bo‘yicha xisobotlarni eshitib borish va monitoring qilish;
• muhokama qilinishi kerak bo‘lgan takliflar, loyihalar va boshqalar bo‘yicha xulosa tayyorlash uchun ekspert guruhlarini shakllantiish;
• “Innovatsiya va taraqqiyot” jurnalining faoliyati, xususan chop etiladigan maqolalarning sifati va mazmunini nazorat qilish;
• “Innovatsiya va taraqqiyot” jurnaliga kelib tushadigan maqolalarni tahlil qilib beruvchi ekspertlar va professor-o‘qituvchilarni belgilangan tartibda rag‘batlantirish;