
😀 Urganç innovatsion universiteti talabalari nafaqat öqişda, balki ijtimoiy va ma’rifiy hayotda ham tengdoşlariga örnak bölişmoqda.
Quvonarli jihati, universitetimiz Filologiya va tillarni öqitish: Ingliz tili yönalişi talabasi Abdullayev Hamdambek Xabibullo öğli taşabbusi bilan Qöşköpir tumani Axborot-kutubxona markazida "MUNOZARA UZ" loyihasi doirasida navbatdagi adabiy uçraşuv yuqori saviyada taşkil etildi.
📚Kitobsevar yoşlarni bir davraga jamlagan uşbu tadbir jahon adabiyotining durdona asarlaridan biri — Fyodor Dostoyevskiyning "Oydin tunlar" asari tahliliga bağişlandi.
Tadbir qanday ötdi?
⏺Faol kitobxon yoşlar iştirokida qizğin va murosasiz bahslar olib borildi.
⏺Iştirokçilar asar qahramonlari, uning falsafiy ğoyasi va bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan öz fikr-mulohazalarini erkin bayon etişdi.
⏺Yoşlar intellektual salohiyat, tafakkur va nutq mahoratini amalda sinovdan ötkazişdi.
Biz siz bilan faxrlanamiz!
Universitetimiz jamoasi nomidan ilm-ma’rifat yölida çiroyli taşabbus körsatgan, yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qilişda faollik körsatayotgan talabamiz Hamdambek Abdullayevga minnatdorçilik bildiramiz!
Uşbu xayrli va sermazmun faoliyatda unga ulkan muvaffaqiyatlar yor bölişini tilaymiz.
📲 UrIU MATBUOT XIZMATI
📨Telegram |📷 Instagram | 📹Youtube | 🔗Web-sayt |📝 Facebook
Other articles
Ready to start learning and grow your skills?
Join thousands of learners transforming their careers in expert-led study programs. Choose your path and start your journey today.
Successful graduates
Current students
Qualified teachers
Employed graduates