Call center

Urganch innovatsion universitetida “YANGI YIL KARNAVALI” bo‘lib o‘tdi.


Urganch innovatsion universitetida “YANGI YIL KARNAVALI” bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent N. Matyakubov ochib berib, barchani kirib kelayotgan 2026-yil bilan samimiy muborakbod etdi. U oliygoh jamoasining ilm-fan va ta’lim sohasidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatini alohida e’tirof etib, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari jamiyat taraqqiyotining muhim tayanchi bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidladi. Shuningdek, kelgusi yil davomida ham yosh avlodni bilimli, raqobatbardosh va vatanparvar etib tarbiyalash vazifasi ustuvor ekanini qayd etib, barchaga yuksak natijalar tiladi.

  • 09:22 27/12/2025