Prezident Shavkat Mirziyoyev sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro forumning tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Tadbir doirasida davlat rahbari innovatsion g‘oyalar mualliflari hamda istiqbolli startaplar asoschisi bo‘lgan yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Muhtaram Prezidentimiz “5 million o‘zbek sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasiga rasmiy start berib, yurtimiz yoshlarini yangi bilimlar, katta marralar va global innovatsion maydonga dadil intilishga chorladilar.
Shuningdek, tadbirda universitetimiz ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi mutaxassisi, Respublika Yoshlar akademiyasi “G‘oyalar generatori” platformasi rahbari N.Boltayev ham faol ishtirok etdi.