Urganch innovatsion universitetida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi shahar bo‘limi rahbari D. Jumaniyazov, Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mita viloyat bo‘limi mutaxassisi A. Eshmetov, Urganch shahar hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari R. Davletova hamda tadbirkor R. Qurbanboyeva ishtirok etib, bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash, yoshlarning har bir qatlami bilan manzilli ishlash, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish davlatimiz siyosati darajasiga ko‘tarilgani haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, talabalarni muammolarini tinglash va hal etish, ularni oldida turgan to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘maklashish, IT va tadbirkorlikka qiziqtirishning natijadorligi haqida ham fikr almashildi.
Tadbir davomida bugungi kunda yoshlar orasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari, bunday nohush holatlarning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralar, shuningdek yoshlarning huquqlari, burch va majburiyatlari haqida ham so‘z bordi.