URGANCH INNOVATSION UNIVERSITETIDA "KITOBLAR YARMARKASI" TASHKIL ETILDI.
Bugun universitetimizda "Kitoblar yarmarkasi" tashkil etilib, tadbirda universitet rektori v.v.b., dotsent Sh. Ismoilov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, dotsent N. Matyakubov, barcha professor-o‘qituvchilarimiz, ishchi-xodimlar va albatta kitob mutolaasini kanda qilmaydigan talaba-yoshlarimiz faol ishtirok etdilar.
Yarmarka ishtirokchilari universitetimiz hamda shaxsiy kutubxonalari uchun o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarini, ilmiy adabiyotlarni arzonlashtirilgan narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Albatta, bu kabi kitob yarmarkalarining muntazam tashkil etilishi aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini targ‘ib qilish uchun ulkan ahamiyat kasb etishi shubhasizdir!
Kitob yig‘ish yaxshi ishdir, ularni o‘qimoq esa foydali!