Urganch innovatsion universitetida O‘zbekiston Davlat Yoshlar teatri aktyori Sherzod Boymurodov bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida talaba-yoshlar teatr san’ati, aktyorlik mahorati va sahna orti sirlari, aktyorning ijodiy faoliyati va yaratgan obrazlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
Sherzod Boymurodov o‘zining sahnadagi tajribalari va yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdi, teatrning o‘ziga xos xususiyatlari va repertuardagi yangi spektakllar muhokama qilindi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar aktyorga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohaga oid bilimlarini boyitishdi.
Albatta, bu kabi uchrashuvlar yoshlarning madaniyat va san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda professional aktyorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish uchun xizmat qilishi shubhasizdir.