Viloyatimizda "Xorijiy tillarni o‘qitishda integrativ yondashuv: Innovatsiyalar va ilg‘or tajribalar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Urganch davlat pedagogika institutida tashkil etilgan mazkur anjumanda Urganch innovatsion universitetida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qitish bo‘yicha fan doktori; Osiyo til baholash assotsiatsiyasi a'zosi; Osiyo TEFL tashkiloti a'zosi; Hindiston ingliz tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi a'zosi; MIT, san'at, dizayn va texnologiya universitetida PhD tadqiqot rahbari — Vasim Salim Tamboli hamda "O‘zbek va xorijiy filologiya" kafedrasi o‘qituvchisi Baxtiyorov Asadbek Dilshodovich ham faol ishtirok etib Tashakkurnoma bilan taqdirlandilar!
Mazkur nufuzli anjumanda Hindiston, Xitoy, Turkiya, Rossiya, Sloveniya, Malayziya, Indoneziya kabi qator davlatlardan 20 nafardan ortiq yetakchi olim va mutaxassislar, shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar faol ishtirok etdilar.