Call center

Urganch innovatsion universitetida “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Urganch innovatsion universitetida “O‘zbekistonlik ekanimdan faxrlanaman” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🇺🇿 Davra suhbati davomida Ona Vatanimiz — jonajon O‘zbekistonimiz haqida, bugungi dorulamon kunlarga erishish yo‘lida qanday sharafli va mashaqqatli bosqichlar bosib o‘tilgani ta’kidlandi. Shuningdek, biz buyuk ajdodlarimizning baxtiyor avlodi ekanligimiz, Vatan oldidagi burchimizni ado etish uchun tinimsiz o‘qib-izlanishimiz, yuksak marralarni zabt etish yo‘lida astoydil harakat qilishimiz lozimligi haqida so‘z yuritildi.

Zeroki, Yurtni sevmoq nafaqat so‘z bilan, balki amaliy ishlar bilan namoyon etiladigan go‘zal tuyg‘udir.

Yangi O‘zbekistonning ilg‘or yoshlari ham o‘z Vatanini chin dildan sevuvchi, Yurtboshining ishonchini oqlaydigan hamda o‘zbekistonlik ekanligidan doimo faxr va g‘urur bilan yashaydigan munosib farzandlar ekanligi alohida qayd etildi.

  • 12:50 27/02/2026