Urganch innovatsion universiteti boshlang‘ich tashkiloti a’zolarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, dotsent N. Matyakubov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi D. Atamurotov, shuningdek Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i X. Davletov so‘zga chiqib, universitet boshlang‘ich tashkilotining bugungi kunga qadar amalga oshirgan faoliyati, kelgusidagi maqsad va vazifalari haqida so‘z yuritdilar. Shundan so‘ng universitet Yoshlar yetakchisi tayinlovi bo‘lib o‘tdi.
Urganch innovatsion universiteti Yoshlar yetakchisi lavozimiga 1-bosqich talabasi Yo‘ldashev Umrbek Taxirovich tayinlandi.
U o‘z nutqida koordinatorlar jamoasi bilan hamkorlikda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, shuningdek universitet rivoji yo‘lida astoydil harakat qilishi haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. Shu o‘rinda oliygohimizning iqtidorli va iste’dodli yoshlardan iborat koordinatorlar jamoasi ham bugunga qadar amalga oshirilgan loyihalar doirasini yanada kengaytirib, yanada katta kuch bilan faoliyat olib borishlarini bildirdilar.