Loading...

NODAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARI RAHBAR KADRLARI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN MАLАKА OSHIRISH KURSI


NODAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASALARI RAHBAR KADRLARI VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI UCHUN MАLАKА OSHIRISH KURSI 

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Urganch innovatsion universiteti o‘rtasidagi hamkorlik memorandumiga asosan universitetning 42 nafar rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat” yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda. 

 

Shular doirasida joriy yilning

31-yanvar sanasida Urganch innovatsion universitetiga Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining bir guruh tajribali professor-o‘qituvchilari va amaliyotchi mutaxassislari tashrif buyurib, Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va jamiyatning ma'naviy asoslari, Oliy ta'limning normativ-huquqiy asoslari, pedagogik faoliyatda raqamli kompetensiyalar, imiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, pedagogning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini ta'minlashda baholash metodikalari kabi modullar asosida mashg‘ulotlar olib bormoqdalar.

  • 14:21 31/01/2025